Automechanika Tashkent 2026 ishtirokchisi — «MIG-AVTO»
«MIG-AVTO» kompaniyasi Automechanika Tashkent 2026 ko‘rgazmasida ishtirok etadi hamda yuk va tijorat transporti uchun keng turdagi ehtiyot qismlar va butlovchi qismlarni taqdim etadi.
Kompaniya 25 yildan ortiq vaqt davomida Yevropa, Rossiya va Xitoy yuk avtomobillari uchun original va sertifikatlangan ehtiyot qismlarni, shuningdek, sifatli zavod analoglarini yetkazib bermoqda.
Assortimentda:
dvigatellar va butlovchi qismlar;
transmissiya va ilashish tizimi (stseplenie);
tormoz tizimlari;
boshqaruv mexanizmi;
elektr jihozlari;
podveska detallari, rezina-texnika buyumlari (RTB), metizlar va boshqa butlovchi qismlar.
Automechanika Tashkent 2026 ko‘rgazmasiga tashrif buyurishni rejalashtiring va Markaziy Osiyo tijorat transporti bozori uchun ishonchli yechimlar bilan tanishish uchun «MIG-AVTO» stendiga tashrif buyuring.