Ko'rgazma yangiliklari

Podrobno.uz — Automechanika Tashkent 2026 mediahamkori!

Podrobno.uz axborot agentligini ko‘rgazma mediahamkorlari qatorida ko‘rishdan mamnunmiz!

Podrobno.uz 2009-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda va bugungi kunda O‘zbekistonning yetakchi rus tilli OAVlaridan biri hisoblanadi. Nashr mamlakatning muhim voqealarini tezkorlik bilan yoritib, dolzarb yangiliklar, tahliliy va ekspert materiallarini chop etadi.

Mediahamkorlar bilan hamkorlik tufayli Automechanika Tashkent 2026 va avtomobilsozlik sohasidagi yangiliklar professional va ishbilarmon auditoriya orasida yanada kengroq qamrovga ega bo‘ladi.

Podrobno.uz jamoasiga axborot ko‘magi va hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiramiz!

2026-yil 21–23-oktabr
CAEx, Toshkent

🎟 Tashrif buyuruvchilar uchun bepul ro‘yxatdan o‘tish — automechanika.uz saytida.
2026-10-05 15:07