Ko'rgazma yangiliklari

Automechanika Tashkent 2026 ishtirokchisi — AutoZIP

Automechanika Tashkent 2026 ko‘rgazmasida AutoZIP kompaniyasi avtokomponentlarning keng assortimentini taqdim etadi: o‘t oldirish shamlari va g‘altaklari (svecha va katushkalar), tormoz tizimlari va tormoz kolodkalari, amortizatorlar va saylentbloklar.

AutoZIP — bu shunchaki avto ehtiyot qismlari yetkazib beruvchi emas, balki aftermarket bozorida ishlash yondashuvini o‘zgartirayotgan kompaniyadir. O‘zining “Avto ehtiyot qismlariga zamonaviy yondashuv” tamoyiliga amal qilgan holda, kompaniya jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilari tomonidan taqdim etilgan sifatli mahsulotlarni, yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish va zamonaviy raqamli yechimlarni o‘zida birlashtiradi: elektron kataloglarga ega qulay veb-sayt, ehtiyot qismlarni mustaqil tanlash imkoniyati va mahsulotlarning keng assortimenti.

Kompaniya xalqaro brendlarning rasmiy distribyutori hisoblanadi, butun O‘zbekiston bo‘ylab 1000 dan ortiq mijozlar bilan hamkorlik qiladi va avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish hamda ta’mirlash uchun faqat ishonchli yechimlarni taklif etadi. Mahsulot sifatini qat'iy nazorat qilish, qalbaki mahsulotlarning yo‘qligi va ishonchli hamkorlik AutoZIP kompaniyasini professionallar tanloviga aylantiradi.

Automechanika Tashkent 2026 ko‘rgazmasida AutoZIP stendiga tashrif buyuring!

2026-yil 21–23-oktabr
CAEx, Toshkent