Ko'rgazma yangiliklari

Shell Lubricants — Automechanika Tashkent 2026 ko‘rgazmasining bosh hamkori

Moylash materiallari sohasida jahon yetakchilaridan biri — Shell Lubricants, 21–23-oktyabr kunlari Toshkentdagi CAEx majmuasida bo‘lib o‘tadigan Automechanika Tashkent 2026 xalqaro avtomobilsozlik ko‘rgazmasining bosh hamkori bo‘ladi.

Shell Lubricants yengil va tijorat transportlari, shuningdek, sanoat uchun keng turdagi mahsulotlarni taklif etadi.

Asosiy mahsulotlar tarmog'iga quyidagilar kiradi:
  • Shell Helix — yengil avtomobillar uchun motor moylari
  • Shell Rimula — yuk transporti uchun motor moylari
  • Shell Spirax — transmissiya moylari
  • Shell Gadus — plastik surkov moylari
  • Shell Coolant — antifrizlar va sovitish suyuqliklari
  • Shell EV-Plus va Shell Helix Hybrid — elektromobil va gibridlar uchun yechimlar

Ko‘rgazma tashrif buyuruvchilari Shell mahsulotlari bilan shaxsan tanishish, brend yechimlari haqida ko‘proq bilib olish va o‘zlarini qiziqtirgan savollarni bevosita kompaniya vakillari bilan muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

21–23-oktyabr, 2026-yil
CAEx, Toshkent

Bepul chiptani automechanika.uz sayti orqali qo‘lga kiriting.