Ko'rgazma yangiliklari

Automechanika Tashkent 2026 ishtirokchisi — KAIFA Industry

KAIFA Industry — 50 yildan ortiq tajribaga ega bo'lgan amortizatorlar va osma (podveska) qismlari ishlab chiqaruvchisi. Kompaniya amortizatorlar hamda butlovchi qismlarni loyihalash va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo'lib, Honda, Nissan, Toyota va Ford kabi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilarning birinchi darajali (Tier 1) yetkazib beruvchisi hisoblanadi.

Ko'rgazmada kompaniya quyidagilarni taqdim etadi:

  • Amortizatorlar
  • Yig'ma amortizatorlar
  • Amortizator oporalari
  • Amortizator pilniklari
  • Amortizator zarb otboyniklari

KAIFA mahsulotlari original sifat, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari hamda turli rusumdagi avtomobillar uchun yechimlarning keng assortimentini o'zida mujassam etadi.

Kompaniya mahsulotlari bilan Automechanika Tashkent 2026 ko'rgazmasida tanishishingiz mumkin.

2026-yil 21–23-oktabr
CAEx, Toshkent
2026-08-14 09:09