🇮🇷 Automechanika Tashkent 2026 ko‘rgazmasida Eron paviloni!
Ko‘rgazmada avtomobil butlovchi qismlari, akkumulyatorlar, asbob-uskunalar va sanoat jihozlari ishlab chiqaruvchilarini birlashtirgan Eron paviloni taqdim etiladi.
🔹 Sepahan Battery — o‘rta va og‘ir tonnajli tijorat transporti uchun akkumulyatorlar ishlab chiqaruvchisi.
🔹 Toklan Tools — sanoat asboblari va uskunalari ishlab chiqaruvchisi.
🔹 Omid Fanar — Erondagi eng yirik va eng qadimgi prujinalar hamda avtomobil podveskasi (osma tizimi) butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilardan biri. Kompaniya 1983-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
🔹 North Melt Industries (N.M.CO) — metall quyish va sanoat uskunalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan avtomobil butlovchi qismlari ishlab chiqaruvchisi.