Ko'rgazma yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi — Automechanika Tashkent 2026 ko‘rgazmasining rasmiy hamkori

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi yana bir bor Automechanika Tashkent ko‘rgazmasining rasmiy hamkori sifatida ishtirok etayotganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz.

Savdo-sanoat palatasining qo‘llab-quvvatlashi xalqaro ishbilarmonlik hamkorligini rivojlantirishga, sheriklik aloqalarini mustahkamlashga va avtomobil sanoati ishtirokchilari uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Ko‘rgazmani qo‘llab-quvvatlagani hamda Markaziy Osiyo avtomobil sanoati uchun professional biznes-platformani rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga minnatdorchilik bildiramiz.

Sizni 2026-yilning 21–23-oktabr kunlari Toshkentdagi CAEx ko‘rgazmalar markazida kutib qolamiz.