Automechanika Tashkent 2026 ko‘rgazmasining yangi ishtirokchisi — SUMAX kompaniyasini kutib oling!
Automechanika Tashkent 2026 ko‘rgazmasining yangi ishtirokchisi — SUMAX kompaniyasini kutib oling!
2009-yilda asos solingan SUMAX avtomobillar uchun zanjirli uzatma tizimlari sanoatida jahon yetakchisi bo‘lib, 100 dan ortiq mamlakatlardagi hamkorlariga xizmat ko‘rsatadi. Bosh qarorgohi Xanchjou shahrida joylashgan bo'lib, Mayami va Italiyadagi ikkita ofisi butun dunyo bo‘ylab hamkorlarga eng yaxshi mahalliy qo'llab-quvvatlashni ta'minlash imkonini beradi.
SUMAX avtomobil zanjir tizimlari uchun majmuaviy (All-in-One) yechimlarni taklif etadi. Ularning mahsulotlar qatoriga zanjirlar, taranglashtiruvchilar, yo‘naltiruvchilar, tishli g‘ildiraklar, VVT faza rostlagichlari (regulyatorlari), moy uzatishni boshqarish klapanlari va boshqalar kiradi. Barcha mahsulotlar ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda ishlab chiqariladi va qat’iy sifat nazoratidan o‘tadi.
21-23-oktabr kunlari Toshkentdagi CAEx ko‘rgazmalar markazida bo‘lib o‘tadigan Automechanika Tashkent 2026 ko‘rgazmasida SUMAX mahsulotlari bilan yaqindan tanishing.
Ko‘rgazma saytida tashrif buyuruvchi sifatida ro‘yxatdan o‘ting va Markaziy Osiyodagi avtomobil sanoati bosh tadbirining bir qismiga aylaning!