Ko'rgazma yangiliklari

O’ZERAEALTERNATOR — Automechanika Tashkent 2026 ishtirokchisi

O‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchi O’ZERAEALTERNATOR Automechanika Tashkent 2026 xalqaro ko‘rgazmasida o‘z mahsulotlarini namoyish etadi.

Kompaniya stendida tashrif buyuruvchilar Chevrolet avtomobillari uchun mo‘ljallangan mahsulotlar bilan tanishishlari mumkin:

  • avtomobil generatorlari
  • kompressorlar
  • generator va kompressorlar uchun butlovchi qismlar hamda detallar

Kompaniya mahsulotlari bilan tanishish, hamkorlik shartlarini muhokama qilish va ishlab chiqaruvchi vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish uchun O’ZERAEALTERNATOR stendiga tashrif buyuring.

2026-yil 21–23-oktabr
CAEx, Toshkent

automechanika.uz saytida ro‘yxatdan o‘ting va ko‘rgazmaga chiptani qo‘lga kiriting.