Automechanika Tashkent 2026 biznesingizga nima beradi?
Yangi yetkazib beruvchilar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar va avtomobil sotuvidan keyingi (aftermarket) bozori uchun dolzarb yechimlarni ko‘rish imkoniyati — bularning barchasi uch kun davomida bitta maydonda.
Automechanika Tashkent 2026 ko‘rgazmasida siz quyidagilarni amalga oshirishingiz mumkin:
avto ehtiyot qismlari, butlovchi qismlar va uskunalar ishlab chiqaruvchilar hamda yangi yetkazib beruvchilarni topish;
mahsulotlar va hamkorlik shartlarini bevosita taqqoslash;
muzokaralar o‘tkazish va yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish;
avtoservislar, diagnostika va avtomobillarga xizmat ko‘rsatish yechimlari bilan tanishish;
moylar, avtokimyo, elektronika, filtrlash va aftermarket'ning boshqa yo'nalishlaridagi yangiliklarni ko‘rish;
ishbilarmonlik dasturi doirasida bozorning dolzarb masalalari va tendensiyalarini muhokama qilish.
Biznesingizni rivojlantirishga yordam beradigan yechimlarni topish uchun ko‘rgazmaning uch kunidan unumli foydalaning.
2026-yil 21–23-oktyabr CAEx, Toshkent
Tashrif buyuruvchilar uchun ro‘yxatdan o‘tish bepul.