Toshkent shahrida Automechanika Tashkent, Komtrans Tashkent va Tashkent International Auto Show 2025 kabi yirik ko‘rgazmalar ochildi.
Toshkent, O‘zbekiston — 2025-yil 22-oktabr
Zamonaviy CAEx ko‘rgazma markazi hududida mintaqaning eng muhim avtomobil sanoati voqeasi — uchta yirik xalqaro ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi: Automechanika Tashkent, Komtrans Tashkent va Tashkent International Auto Show 2025.
10 000 kvadrat metrdan ortiq maydonda Germaniya, Xitoy, Janubiy Koreya, Malayziya, Ispaniya, Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekistonni o‘z ichiga olgan 15 mamlakatdan 500 ga yaqin kompaniya o‘z mahsulotlari va innovatsion yechimlarini namoyish etdi. Automechanika Tashkent — ehtiyot qismlar, moylar, aksessuarlar, elektron tizimlar, diagnostika va servis uskunalari. Ishtirokchilar orasida: Shell, Castrol, Drivol, ABM Anlagenbau und Maschinentechnik GmbH va boshqalar. Komtrans Tashkent — yuk avtomobillari, avtobuslar, maxsus texnika, logistika va biznes uchun transport yechimlari. Ishtirokchilar orasida: SamAuto, Van Universal Motors, Foton, Euro Auto Parts va boshqalar. Tashkent International Auto Show — yangi yengil avtomobillar, elektromobillar va kelajak texnologiyalari. Ishtirokchilar orasida: Zeekr, Geely, JAC Motors, Soueast va boshqalar. Ushbu uchta loyiha avtomobil biznesining barcha yo‘nalishlarini — ehtiyot qismlar va servis texnologiyalaridan tortib tijorat va yengil transport vositalarigacha — bir maydonda birlashtirdi.
Rasmiy ochilish marosimi Ko‘rgazmalarning rasmiy ochilishi davlat idoralari, soha uyushmalari va xalqaro hamkorlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Ular bunday tadbirlarning O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishdagi ahamiyatini ta’kidlab o‘tishdi.
Lentalarni tantanali kesish marosimida ishtirok etganlar:
Shuxrat Yusupov — O‘zbekiston Avtomobil Biznesi Assotsiatsiyasi
Yan Lyu — Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi Savdo-iqtisodiy bo‘limi
Deyan Van — Xitoy Savdo vazirligi Savdo rivojlantirish byurosi
Davron Vahobov — O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
Stefan Burma — Messe Frankfurt Asia Holding Ltd
Dilfuza Samandarova — BMCA Uzbekistan
Mixael Yoxannes — Messe Frankfurt GmbH
Baxodirjon Rahmonov — “O‘zavtosanoat” AJ
Xaytam Yehia — Shell Lubricants
Evgen Alles — Business Media Europe
Murod Akramov — Technologies of Real Time
Mohamad Reza Najafi Manesh — ISMAPA Boshqaruv Kengashi raisi
Xalqaro hamkorlik Ko‘rgazmalar Markaziy Osiyo avtomobil bozorini rivojlantirish va xalqaro biznes aloqalarini mustahkamlash uchun strategik platforma bo‘lib xizmat qildi. Loyiha doirasida B2B uchrashuvlar dasturi tashkil etildi, u orqali O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan 2 300 dan ortiq professional xaridorlar va distribyutorlar ishtirok etdi. Ushbu format ishtirokchilarga dilerlar, importyorlar, ishlab chiqaruvchilar va logistika kompaniyalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish, hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish va ehtiyot qismlar, uskunalar hamda texnika yetkazib berish bo‘yicha o‘zaro foydali shartnomalar tuzish imkonini beradi. Loyiha Markaziy Osiyo avtomobil sanoatini global ekotizimga integratsiya qilishga, yangi savdo, hamkorlik va texnologik almashinuv yo‘nalishlarini shakllantirishga hissa qo‘shadi. Bundan tashqari, ko‘rgazmalar doirasida ishbilarmonlik dasturi ham boshlandi — unda yetakchi xalqaro brendlar vakillari ishtirokida soha forumlari va ekspert muhokamalari o‘tkazilmoqda. Maxsus e’tibor kadrlar tayyorlash va ta’lim, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda avtomobil korxonalarini samarali boshqarish masalalariga qaratilgan.
Avtomobil madaniyati va shou dasturi Birinchi kunning eng tomoshabop tadbirlaridan biri bu Tuning Show bo‘ldi — bu yerda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan kelgan eng yaxshi tyo‘ning studiyalari va avtohavaskorlar o‘z loyihalarini taqdim etishdi. Maydonda noyob avtomobillar — ehtiyotlik bilan restavratsiya qilingan klassik modellardan tortib, individual tyo‘ning va innovatsion yechimlarga ega zamonaviy sport avtomobillarigacha — namoyish etildi.
Xulosa Uchta yirik ko‘rgazmaning bir vaqtda o‘tkazilishi Toshkentni Markaziy Osiyoning avtomobil biznesi markaziga aylantiradi. Loyiha nafaqat ehtiyot qismlar, uskunalar va servis xizmatlari bozorining rivojlanishiga xizmat qiladi, balki O‘zbekistonning mintaqadagi yangi transport va ishlab chiqarish markazi sifatidagi o‘rnini mustahkamlaydi, xalqaro avtomobil sanoatining yetakchi ishtirokchilarini birlashtiradi. Ko‘rgazmalar 2025-yil 24-oktabrgacha davom etadi.
Shu kunlar davomida CAEx maydoni professional uchrashuvlar, innovatsiyalar va hamkorlik markaziga aylanib, Markaziy Osiyo avtomobil sanoatining kelajagini belgilaydi.
O‘tkaziladigan joy: CAEx, Toshkent Sana: 2025-yil 22–24-oktabr