GOODYEAR shinalari Automechanika Tashkent ko‘rgazmasida taqdim etiladi
Automechanika Tashkent 2026 ko‘rgazmasida GOODYEAR’ning rasmiy distribyutori hisoblangan LOAADI kompaniyasi dunyoning eng mashhur brendlaridan birining original avtomobil shinalarini taqdim etadi.
LOAADI stendida quyidagilar namoyish etiladi:
🔹 Yengil avtomobillar uchun original GOODYEAR shinalari; 🔹 Yo‘ltanlamaslar va SUV avtomobillari uchun shinalar; 🔹 Turli ekspluatatsiya sharoitlari uchun mo‘ljallangan yechimlar.
Shina biznesi vakillari, avtoservislar, dilerlar va distribyutorlar uchun ushbu ko‘rgazma GOODYEAR’ning O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bilan shaxsan uchrashish, mahsulotlar assortimenti bilan yaqindan tanishish hamda o‘zaro hamkorlikni muhokama qilish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ladi.
📅 2026-yil 21–23-oktabr 📍 CAEx, Toshkent
🎟 Kirish bepul! Ro‘yxatdan o‘tish: automechanika.uz