Ko'rgazma yangiliklari

O‘zbekistonda Shell sovutgich mahsulotlarini lokalizatsiya qilish bo‘yicha kelishuvning rasmiy imzolanishi

Automechanika Tashkent 2025 xalqaro ko‘rgazmasi doirasida va ko‘rgazmaning Bosh Hamkori — Shellning yordami bilan Shell va GPG kompaniyalari o‘rtasida O‘zbekistonda Shell sovutgich mahsulotlarini lokalizatsiya qilish bo‘yicha litsenziya kelishuvi rasmiy imzolandi.

Ushbu kelishuv mahalliy sovutgich ishlab chiqarishni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib, ishlab chiqarishni lokalizatsiya qilish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va O‘zbekiston bozorida xalqaro sifat standartlariga rioya qilish bo‘yicha yangi hamkorlik bosqichini bildiradi.