Ko'rgazma yangiliklari

Automechanika Tashkent 2025 ishtirokchisi – DRIVOL

DRIVOL – avtomobil, sanoat, dengiz va qishloq xo‘jaligi tarmoqlari uchun yuqori sifatli moylash materiallari va texnik yechimlar ishlab chiqaruvchi Germaniya brendi. Kompaniya 15 yildan buyon xalqaro standartlarga mos va yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchilari talablariga javob beruvchi mahsulotlarni Germaniya hamda dunyo bozorlariga yetkazib kelmoqda.

✔️ Germaniya sifati – mahsulotlar ilg‘or texnologiyalar asosida Germaniyada ishlab chiqariladi;
✔️ Innovatsion yechimlar – dvigatelni ishonchli himoya qilish uchun SUPERKLEEN ko‘p bosqichli filtrlash tizimi qo‘llaniladi;
✔️ Ilmiy yondashuv – mahsulotlar kelajakdagi ekologik va texnik talablarni inobatga olib ishlab chiqiladi;
✔️ Ekologik qadoqlash – Bag-in-Box tizimi chiqindilarni kamaytirib, qulay saqlash imkonini beradi;
✔️ Sifat kafolati – mahsulotlar ISO 9001/14001 sertifikatlariga ega bo‘lib, Daimler, VW, BMW, MAN, Volvo tomonidan tasdiqlangan.

🛠 DRIVOL mahsulot turlari:
-Motor moylari
-Transmissiya suyuqliklari
-Sanoat va gidravlik moylar
-Dengiz moylari
-Moylash va texnik suyuqliklar

📢 Sizni Automechanika Tashkent 2025 ko‘rgazmasida DRIVOL stendida kutib qolamiz!