Ko'rgazma yangiliklari

Automechanika Tashkent 2026 ishtirokchisi — Mechanic

Mechanic kompaniyasi Chevrolet avtomobillari uchun ehtiyot qismlarning keng assortimentini taqdim etadi.

Kompaniya stendida tashrif buyuruvchilar amortizatorlar, kompressorlar, silindrlar bloki kallaklari (golovka), podshipniklar, gidronasoslar, uzatmalar qutisi (KPP) ehtiyot qismlari, elektron komponentlar, termostatlar va benzonasoslar bilan tanishishlari mumkin.

Mechanic kompaniyasi Chevrolet va GM avtomobillari uchun sifatli avto ehtiyot qismlarini yetkazib berishga ixtisoslashgan bo‘lib, avto ehtiyot qismlari do‘konlari, avtoservislar, distribyutorlar va ulgurji savdo korxonalari uchun o‘z yechimlarini taklif etadi.

📍 Kompaniya assortimenti bilan yaqindan tanishish, hamkorlik shartlarini muhokama qilish va biznesingiz uchun ishonchli yechimlarni tanlash maqsadida 21–23-oktabr kunlari Automechanika Tashkent 2026 ko‘rgazmasidagi Mechanic stendiga tashrif buyuring.
2026-08-12 16:30