Automechanika Tashkent 2026 ishtirokchisi — Habati
Habati 10 yildan ortiq vaqt mobaynida avtomobil bozorida faoliyat yuritib, avtomobillarga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash uchun motor moylari, texnik suyuqliklar hamda avtoehtiyot qismlarini taklif qilib kelmoqda.
Ko‘rgazmada kompaniya LUBEX, PRO PAC, GEWINNER va KONPAR brendlari mahsulotlarini namoyish etadi.
Assortimentda:
motor moylari
antifrizlar
oyna yuvish suyuqliklari
avtoehtiyot qismlari
tormoz tizimi qismlari
Kompaniyaning alohida yo‘nalishi — EURO 5 va EURO 6 standartlariga javob beradigan DAF, MAN va Mercedes og‘ir yuk avtomobillari uchun ehtiyot qismlari hisoblanadi.
automechanika.uz saytida chipta oling, Habati mahsulotlari bilan tanishing va hamkorlik imkoniyatlarini bevosita uning vakillari bilan muhokama qiling.