Ko'rgazma yangiliklari

Automechanika Tashkent 2026 ko‘rgazmasi ishtirokchisi — Michelin

O‘zbekistondagi Michelin rasmiy distribyutori — EXZAP kompaniyasi ko‘rgazmada jahonning yetakchi shina ishlab chiqaruvchilardan birining mahsulotlarini taqdim etadi.

Alohida stendda tashrif buyuruvchilar Michelin yengil avtomobil shinalari bilan tanishishlari, brend texnologiyalari haqida ko‘proq ma'lumot olishlari, mutaxassislardan maslahatlar olishlari hamda hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishlari mumkin bo‘ladi.

Agar siz shinalar savdosi bilan shug‘ullansangiz, avtoservis faoliyatini rivojlantirayotgan bo‘lsangiz, avtoparkni boshqarsangiz yoki ishonchli yetkazib beruvchi qidirayotgan bo‘lsangiz, ushbu stendni ko‘rgazmaga tashrif marshrutingizga albatta qo‘shib qo'ying.

2026-yil 21–23-oktabr
CAEx, Toshkent

Tashrif buyuruvchilar ko‘rgazma veb-saytida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
2026-08-24 09:36