Ko'rgazma yangiliklari

Automechanika Tashkent 2026 ishtirokchisi — UzAuto Cepla

UzAuto Cepla — avtomobil sanoati, maishiy texnika va mebel ishlab chiqarish uchun polimer materiallar ishlab chiqarish bo‘yicha 14 yillik tajribaga ega korxona.

Kompaniyaning ishlab chiqarish quvvatlari yiliga 70 000 tonnadan ortiq mahsulot tayyorlash imkonini beradi va bu mahsulotlar O‘zbekiston, MDH davlatlari hamda Yevropa bozorlariga yetkazib beriladi.

UzAuto Cepla assortimentida:
  • polipropilen
  • ABS-plastiklar
  • polikarbonat
  • poliamid kompaundlar

Automechanika Tashkent 2026 ko‘rgazmasida tashrif buyuruvchilar UzAuto Cepla mahsulotlari bilan tanishishlari, korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlari haqida ko‘proq ma’lumot olishlari va bevosita kompaniya vakillari bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilishlari mumkin.

2026-yil 21–23-oktabr
CAEx, Toshkent
2026-09-07 11:22