Ko'rgazma yangiliklari

Automechanika Tashkent 2026 ishtirokchisi — Hankook

Hankook brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori — EXZAP kompaniyasi ko‘rgazmada dunyodagi eng yirik shina brendlaridan birining yengil avtomobillar uchun mo‘ljallangan shinalarini taqdim etadi.

Alohida stendda siz Hankook mahsulotlari bilan yaqindan tanishishingiz, brend texnologiyalari haqida batafsil ma’lumot olishingiz, mutaxassislardan maslahat olishingiz va hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishingiz mumkin.

Agar siz ishonchli shina yetkazib beruvchini qidirayotgan bo‘lsangiz yoki biznesingiz assortimentini kengaytirmoqchi bo‘lsangiz, Automechanika Tashkent 2026 ko‘rgazmasidagi Hankook stendiga albatta tashrif buyuring.

21–23-oktabr, 2026-yil
CAEx, Toshkent