2025-yilda CAEx zamonaviy ko‘rgazma markazida mintaqaning eng yirik avtomobil sanoati voqeasi — Automechanika Tashkent, Komtrans Tashkent va Tashkent International Auto Show ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tdi
Automechanika Tashkent — avtomobil ehtiyot qismlari, moylar, aksessuarlar, elektron tizimlar, diagnostika va servis uskunalari ishlab chiqaruvchilari uchun asosiy platforma bo‘ldi.
Ishtirokchilar orasida Shell, Castrol, Drivol, ABM Anlagenbau und Maschinentechnik GmbH va boshqa yetakchi brendlar bor edi. Ko‘rgazmaning bosh hamkori — Shell, ketma-ket 18 yil davomida dunyoda yetakchi moy ishlab chiqaruvchisi.
Komtrans Tashkent — tijorat transporti, yuk mashinalari, avtobuslar, maxsus texnika, logistika va biznes uchun transport yechimlarini namoyish etdi. Ishtirokchilar orasida SamAuto, Van Universal Motors, Foton, Euro Auto Parts va boshqalar bor edi.
Tashkent International Auto Show — eng so‘nggi yengil avtomobillar, elektromobillar va kelajak texnologiyalarini taqdim etdi. Ko‘rgazmada BYD, Zeekr, Geely, JAC Motors, Soueast kabi brendlar ishtirok etdi.
Ushbu uch loyiha avtomobil biznesining barcha yo‘nalishlarini — avtokomponentlardan tortib tijorat va yengil transportgacha — bir maydonda jamladi.
Tashrif buyuruvchilar va professional auditoriya: 2025-yilda ko‘rgazmalarni 35 dan ortiq mamlakatdan 20 728 professional tashrifchi kuzatdi. Eng ko‘p tashrif buyurgan mamlakatlar: O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Xitoy, Turkiya, BAA, Hindiston, Eron, Germaniya, Italiya, Fransiya, Polsha. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar quyidagi davlatlardan ham kelishdi: Ozarbayjon, Armaniston, Afg‘oniston, Bangladesh, Belarus, Belgiya, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Gruziya, Ispaniya, Latviya, Litva, Malayziya, Marokash, Pokiston, Portugaliya, Koreya Respublikasi, Saudiya Arabistoni, AQSh va Yaponiya.
Ko‘rgazma auditoriyasi — avto ehtiyot qismlari distribyutorlari, ishlab chiqaruvchilar, dilerlar, servis tarmoqlari rahbarlari, logistika kompaniyalari va davlat hamda tarmoq tashkilotlari vakillarini o‘z ichiga oldi.
Bu keng ko‘lam ko‘rgazmalarning Markaziy Osiyo avtomobil bozoridagi yetakchi biznes platformasi sifatidagi mavqeini yana bir bor tasdiqlaydi.
Xalqaro hamkorlik: Ko‘rgazmalar Markaziy Osiyo avtomobil bozorini rivojlantirish va xalqaro biznes aloqalarni mustahkamlash uchun strategik platformaga aylandi.
Loyiha doirasida 4 000 dan ortiq professional xaridor va distribyutorlarni birlashtirgan yirik B2B dasturi amalga oshirildi.
Ushbu format ishtirokchilarga dilerlar, importyorlar, ishlab chiqaruvchilar va logistika kompaniyalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashish, hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish va foydali kelishuvlar tuzish imkonini berdi.
Ishbilarmonlik dasturi: Ko‘rgazma davomida tarmoq forumlari, ekspert muhokamalari va xalqaro brendlarning taqdimotlari o‘tkazildi. Asosiy mavzular — kadrlar tayyorlash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, raqamlashtirish jarayonlari va avto korxonalarni boshqarish samaradorligini oshirish bo‘ldi.
Shuningdek, O‘zbekiston Avtomobil Biznesi Assotsiatsiyasi ko‘magida “Avtobiznes ichkaridan: tajriba, tahlil, prognozlar” nomli ekspert paneli o‘tkazildi. Ushbu sessiyada O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiyaning yetakchi ekspertlari avtobiznesning hozirgi holati, dilerlik tarmoqlarining rivoji, servis xizmatlarining transformatsiyasi va yangi texnologik yo‘nalishlarni muhokama qildilar.
Avtomobil madaniyati va shou dasturi: Uch kun davomida tashrif buyuruvchilarni yorqin avtomobil madaniyati va shou dasturlar kutib oldi.
Eng diqqatga sazovor voqealardan biri — Motor Fest, bu yerda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan eng yaxshi tюning studiyalari va avto ixlosmandlar o‘z loyihalarini taqdim etdilar.
Namoyishda klassik modellardan tortib zamonaviy sport avtomobillarigacha bo‘lgan noyob eksponatlar, innovatsion dizayn va texnologiyalar ko‘rsatildi.
Xulosa: Uchta yirik ko‘rgazmaning bir vaqtning o‘zida o‘tkazilishi Toshkentni Markaziy Osiyoning avtomobil biznes markaziga aylantirdi.
Loyiha avtokomponentlar, uskunalar va servis xizmatlari bozorini rivojlantirish bilan birga, O‘zbekistonning xalqaro avtomobil sanoatidagi o‘rni va transport-logistika markazi sifatidagi mavqeini mustahkamladi.
Biz barcha ishtirokchilar va hamkorlarga minnatdorchilik bildiramiz va sizni 2026-yil 21–23-oktabr kunlari CAEx markazida bo‘lib o‘tadigan Automechanika Tashkent 2026 ko‘rgazmasiga taklif qilamiz!