Automechanika Tashkent 2026 ko‘rgazmasiga tashrif buyuruvchilar uchun ro‘yxatdan o‘tish rasman ochildi!
2026-yilning 21–23-oktabr kunlari Toshkentda yana O‘zbekiston, Markaziy Osiyo mamlakatlari va xorijdan avtomobil sohasining yetakchi ishlab chiqaruvchilari, yetkazib beruvchilari, distribyutorlari hamda mutaxassislari jamlanadi.
Ko‘rgazmaga tashrif buyurish orqali siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz:
yangi yetkazib beruvchilar va hamkorlarni topish;
bozor yangiliklari bilan tanishish;
biznes-muzokaralar o‘tkazish;
avtobiznes uchun zamonaviy texnologiyalar va yechimlar haqida bilib olish.
Mintaqa avtomobil sanoatining bosh tadbiri ishtirokchisiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Bugunoq ro‘yxatdan o‘ting va ko‘rgazmaga bepul chiptani qo‘lga kiriting.