Automechanika Tashkent 2026 ishtirokchisi — StarLine
NPO StarLine — avtomobil elektronikasi sohasida ko'p yillik tajribaga ega bo'lgan, yengil avtomobillar, yuk mashinalari va mototransportlar uchun qo'riqlash-telematika uskunalarini ishlab chiquvchi va ishlab chiqaruvchi kompaniya.
Ko'rgazmada kompaniya transport xavfsizligi va qulayligi uchun quyidagi texnologik yechimlarni taqdim etadi:
qo'riqlash-telematika majmualari
mayoqchalar va trekerlar
avtomobilni masofadan boshqarish yechimlari
transport vositasining joylashuvi va holatini monitoring qilish tizimlari
StarLine mahsulotlari xalqaro bozorlarda taqdim etilgan bo'lib, kompaniyaning o'z ishlab chiqarish bazasi to'liq sikl tamoyili asosida — loyihalashdan tortib yig'ish va sinovdan o'tkazishgacha bo'lgan jarayonlarni o'z ichiga oladi.
2026-yil 21–23-oktyabr CAEx, Toshkent
Automechanika Tashkent 2026 ko'rgazmasida StarLine yechimlari bilan yaqindan tanishing.