Ko'rgazma yangiliklari

Automechanika Tashkent 2026 ishtirokchisi — PINACO

Vyetnamning yetakchi akkumulyator ishlab chiqaruvchilaridan biri — PINACO ko‘rgazmada o‘zining flagman brendi bo‘lgan JP Battery'ni namoyish etadi.

Kompaniya salkam 50 yillik ishlab chiqarish tajribasiga ega, Yevropa, AQSh va Janubiy Koreyaning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanadi hamda o‘z mahsulotlarini dunyoning 46 dan ortiq mamlakatiga eksport qiladi.

Automechanika Tashkent 2026 ko‘rgazmasida kompaniya yengil va tijorat avtomobillari uchun quyidagi akkumulyatorlarni taqdim etadi:

  • CMF — texnik xizmat ko‘rsatilmaydigan akkumulyatorlar
  • Dry-Charged — quruq zaryadlangan akkumulyatorlar
  • VRLA — germetik qo‘rg‘oshin-kislotali akkumulyatorlar

Kompaniya Ford, Mercedes-Benz, Hyundai, KIA, Honda, Yamaha, Suzuki va Piaggio bilan hamkorlik qiladi.

Agar siz avtokomponentlar, avtoservis yoki avtoparklar bilan ishlasangiz — Automechanika Tashkent 2026 ko‘rgazmasida PINACO bilan yaqindan tanishing.

21–23-oktyabr
CAEx, Toshkent