2024 yil
23-25 Oktyabr
Central Asian Expo (CAEx),
Toshkent, Oʻzbekiston
Jurnalistlarni akkreditatsiya qilish
Akkreditatsiyadan o‘tgan jurnalistlar ko‘rgazma kunlari davomida shaxsiy beydjlar, yo‘riqnomalar va boshqa zarur materiallarga ega bo‘lishlari va ko‘rgazmaga hech qanday to‘siqlarsiz tashrif buyurishlari va ishbilarmonlik tadbirlarida ishtirok etishlari mumkin.
Akkreditatsiya uchun arizalar faqat rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan ommaviy axborot vositalaridan qabul qilinadi. Automechanika Tashkent ko‘rgazmasida akkreditatsiyadan o‘tish uchun arizangizni quyidagi elektron pochta manziliga aloqa ma’lumotlari va nashringiz haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda yuboring: Automechanika@bmca.uz
Ko‘rgazma haqida chop etilgan materiallar nusxalarini yoki havolalarini taqdim etsangiz, biz juda minnatdor bo‘lar edik.
Mustaqil jurnalistlar OAV bosh muharriridan murojaat xatini Automechanika@bmca.uz elektron manziliga yuborishlari lozim.
OAV akkreditatsiyasi reklama va boshqa tijorat bo‘limlari xodimlariga taalluqli emas. Ko‘rgazmaga bepul tashrif buyurish uchun ular elektron chipta olishlari mumkin.

Automechanika Tashkent jamoasi bilan aloqa

Social media
Ko'rgazma tashkilotchisi
ООО "BMC-LLP"
E-mail: automechanika@bmca.uz
Telefon raqami: +998 55 515 05 22